DXX Call-markazi ishga tushdi

Xususan, quyidagi masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilinadi:
- O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga bo‘lgan tajovuzlar haqida;
- Davlat chegarasini qo‘riqlanishi va himoya qilinishiga bo‘ladigan tahdidlar;
- Qurolli Kuchlar va mudofaa-sanoat majmuasida davlat xavfsizligiga bo‘ladigan tahdidlar;
- terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoiy guruhlarga oid;
- qurol-yarog‘, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga doir jinoyatlar haqida;
- davlat manfaatlariga tahdid soluvchi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlar yuzasidan;
- milliy, etnik va diniy adovatni targ‘ib etish;
- davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi huquqbuzarliklarning sodir etilishiga doir boshqa axborotlar.
Shu bilan birga, Jinoyat-prosessual kodeksining 345-moddasida belgilab qo‘yilgan va tergovi DXX vakolatiga kiritilgan Jinoyat kodeksining 150-163, 182, 223, 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilinadi.
Hurmatli fuqarolar, eslatib o‘tamizki «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonunning 38-moddasiga asosan, mazkur qonunni buzganlik, xuddi shuningdek, tuhmat va haqoratdan iborat murojaat berganlik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Aziz yurtdoshlar atrofingizda bo‘layotgan qonunbuzarliklarga nisbatan befarq bo‘lmang, 1520 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling!
Murojaat qilgan fuqarolarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
Unutmang! Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini saqlashda har bir fuqaroning ishtiroki muhim hisoblanadi.
Муҳаррир: Umida Nurmetova
Кўришлар сони: 32 марта