Diqqat! Eʼlon Shoshiling! Faqat 30-maydan 8-iyunga qadar!

Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni oʻqishga qabul qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 23-iyundagi 402-son qaroroga muvofiq, joriy yilning 30-maydan 8-iyunga qadar Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarni oliy taʼlim muassasalariga qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilish uchun beriladigan tavsiyanomalarga arizalar qabul qilinadi.

Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining axborot tizimi (https://tavsiyanoma.ijro.uz ) orqali 30-maydan 8-iyunga qadar onlayn ariza qoldirishlari lozim boʻladi.

Tavsiyanoma quyidagi 6 ta mezon asosida beriladi:

 Batafsil:https://gov.uz/oz/wcu/news/view/57184


Май 31, 2025
Муҳаррир: Umida Nurmetova
Кўришлар сони: 97 марта