FAXRIYLAR O'RTASIDA KURASH MUSOBAQASI O'TKAZILDI

Xorazm viloyati kurash mahorat maktabi bazasida o'tkazilgan musobaqa yuqori saviyada tashkil etildi.

Musobaqaning ochilish marosimida viloyat hokimi o‘rinbosari Salayev San’atbek Kamilovich, Xorazm viloyati prokurori Ahmedov Muradxon Musaxonovich hamda Nuroniy jamg'armasi Xorazm viloyati bo'limi raisi Sultanov Rustam Sultanovichlar musobaqa ishtirokchilariga omad tilab qizg'in va murosasiz bellashuvlardan zavq oldilar.

Yakunda g'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda qimmatbaho va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.


Апрель 08, 2025
Муҳаррир: Umida Nurmetova
Кўришлар сони: 41 марта