Gʻolib loyihalar roʻyxati e’lon qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining "Ochiq budjet" axborot portali orqali Tashabbusli budjet jarayonining 2025-yil 2-mavsumining g'olib loyihalari e'lon qilindi.
Jumladan, Yangibozor tumani bo'yicha 12 430,3 mln so'mlik 9 ta loyihalar g'olib deb topildi. Bulardan 2 ta umumta'lim maktabi va 7 ta ichki yo'llarni ta'mirlash bilan bog'liq tadbirlardir.
Jarayonlarda ishtirok etgan barcha fuqarolarga minnatdorlik bildirgan holda “Tashabbusli budjet” loyihasining keyingi mavsumlarida ham faol bo‘lishingizni so‘rab qolamiz.
Сентябрь 02, 2025
Муҳаррир: Umida Nurmetova
Кўришлар сони: 44 марта
Муҳаррир: Umida Nurmetova
Кўришлар сони: 44 марта