Jajji raqqosalar tanlovi o‘tkazildi.

Yangibozor tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘imi boshlig‘i buyrug‘iga asosan tumandagi barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 5-7 yoshli tarbiyalanuvchilari o‘rtasida
"Jajji raqqosalar" tanlovi o‘tkazildi.

 

Ushbu tanlovni o‘tkazishdan maqsad maktabgacha taʼlim tashkilotlarida "Jajji raqqosalar" ansambllarini tashkil etish, raqsni ommalashtirish va keng targ'ib qilish orqali tarbiyalanuvchilarni san'atning raqs turiga bo‘lgan qiziqishlarini shakllantirish, iqtidorli tarbiyalanuvchilarni aniqlash hamda ularning jamiyatga moslashishida jismoniy va ijodiy salohiyatini rivojlantirishdan iborat.

Tanlovda nizom talablariga binoan 12 ta nominatsiya bo‘yicha eng yaxshi raqslari bilan ishtirok qilgan jamoalar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limining diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


Июль 03, 2025
Муҳаррир: Umida Nurmetova
Кўришлар сони: 21 марта