YANGIBOZOR VA YANGIARIQ TUMANLARI AHOLISI DIQQATIGA

Hurmatli Yangiariq va Yangibozor tumanlari ichimlik suv ta’minoti isteʼmolchilari Oʼzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʼrsatish vazirligi va xususiy sherik “SITY BUILDING SALES” MChJ o‘rtasida 2020 yil 27 yanvardagi 1 va 2-sonli bitimlar Bogʼot tumanlararo iqtisodiy sudining 2021 yil 28 sentyabrdagi hamda Xorazm viloyat sudining 2021 yil 17 noyabrdagi qarorlari, shuningdek, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2021 yil 9 noyabrdagi 275-sonli buyrugʼiga asosan joriy yilning 25 noyabridan bekor qilinib, mazkur 2 ta tumanlar ichimlik suv tizimlari boshqaruvi “Xorazm suv taʼminoti” MChJga qaytarilmoqda.

Hurmatli istemolchilar! shu munosabat bilan “Xorazm suv taʼminoti” MChJ bilan shartnomalar rasmiylashtirilmaguncha foydalanilgan ichimlik suvi uchun toʼlovlarni vaqtinchalik amalga oshirmasdan turishlari soʼraladi.


Ноябрь 25, 2021
Муҳаррир: Umida Nurmetova
Кўришлар сони: 425 марта