Yangibozor tuman hokimining R.Jumaniyazovning hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar yakuni to‘g‘risidagi hisoboti

Yangibozor tumanida bugungi kunda 30 ta mahalla mavjud bo‘lib, ularda 92 ming nafar aholi istiqomat qiladi.

Mehnat resurslari 47 ming 540 kishini tashkil etadi. Shundan, ish bilan band aholi 35 ming kishini, ishsizlar 3 ming 300 kishini (yoki 8,8%), iqtisodiy nofaol aholi 9 ming 800 nafarni tashkil qilgan.

Tumanda 2023 yil yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash dasturiga asosan 11 oyi davomida 9,8 ming ish o‘rinlari yaratilgan.

Tumanning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ham o‘tgan yilga nisbatan ancha o‘sgan. Jumladan, joriy yilning yanvar-oktabr oylarida tumanda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 486,0 mlrd.so‘mni, iste’mol tovarlar ishlab chiqarish hajmi 76,0 mlrd.so‘mni, qurilish pudrat ishlari hajmi 260 mlrd. so‘mni, ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 402,0 mlrd.so‘mni, chakana savdo hajmi 266,0 mlrd.so‘mni tashkil qilgan.

Tumanda eksport rejasi 25,2 mln.dollar Import ko‘rsatkichlari 11,3 mln.dollarni tashkil qilgan.

Yanvar-noyabr oylarida hokim yordamchilari tomonidan 2561 nafar fuqarolarga 67,0 mlrd.so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi. Natijada 2715 nafar fuqaroni daromad manbai yaratilgan.

Bundan tashqari 253 nafar fuqarolarga 1,2 mlrd.so‘m subsidiyalar ajratilishi xisobiga bandligi ta’minlangan.

Jumladan: Hokim yordamchilari tomonidan aholining iqtisodiy daromadini oshirish, dala tomorqalaridan unumli foydalanish, o‘z-o‘zini band qilish uchun 3369 nafar fuqaroga tanlov asosida 1077 gektar ekin yer maydonlari ajratilgan.

Joriy yilda 464 ta yangi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil qilindi. (331 ta yuridik, 133 ta YaTT) Hunarmandlar uyushmasiga 27 nafar fuqarolar a’zo bo‘lishi ta’minlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  “Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2023 yil 12 iyundagi PF–93-son Farmoniga asosan “20 ming tadbirkor - 500 ming mutaxassis Dasturi” doirasida Yangibozor tumanida 31 ta tadbirkorlarga (ishchi o‘rni 1532 nafar) biriktirilgan tadbirkorlar subektlaridan 51-dan 100-gacha ish o‘rinlari bo‘yicha 28 ta, 200-dan yukori ish o‘rinlari bo‘yicha 3 ta arizalar kelgan ularga ijobiy xulosalar berilgan.

“Ochiq budjet” loyihasi doirasida tumandagi mahallalarda joriy yilning 1-masumida 11 ta taklifga 9 mlrd. 3 mln. so‘m mablag‘lar yo‘naltirildi va shu orqali mahallardagi 11 ta muammolar o‘z yechimini topdi. (Shulardan 5 ta umumta’lim maktabi, 2 ta kasb xunar maktabi, 2 sog‘liqni saqlash, 1 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti xamda 1 ta yoshlar markazining muammolari o‘z yechimini topgan).

Shuningdek: “Ochiq budjet” loyihasi doirasida tumandagi mahallalarda joriy yilning 2-masumida 4 ta taklifga 4,9 mlrd. so‘m mablag‘lar yo‘naltirilgan bo‘lib, shu orqali tumandagi 4 ta muammolar o‘z yechimini topmoqda. Xususan 3 ta maktab va tuman tibbiyot birlashmasining moddiy texnik bazasini yaxshilash muammolari o‘z yechimini topgan.

Aholini subsidiya asosida uy-joy bilan ta’minlash.

Joriy yilda tumanida uy-joy sotib olish uchun 120 nafar fuqarolar ijobiy xulosa berildi. Ushbu fuqarolarning shu kunga qadar 62 nafariga 1,9 mlrd.sum miqdorida subsidiya mablag‘lari ajratilgan.

Qolgan 60 nafar fuqarolar tomonidan xozirgi kunda bankga xujjat topshirish jarayonda.

Aholini asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish bo‘yicha

Tuman aholisin asosiy turdagi oziq ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida 1376 tonna reja  belgilangan bo‘lib haqiqatda 1487 tonnaga yoki 108,1 foizga bajarilgan.

Jumladan:

Tumanda faoliyat kursatayotgan "Yangibozor Local Trading Centre" MChJ Kartoshka 670 tonna reja belgilangan xaqiqatda 572 tonna bajarilgan 85,4 foiz, Piyoz 108 tonna reja belgilangan xaqiqatda 120 tonna bajarilgan 111,2 foiz, Sabzi 168 tonna reja belgilangan xaqiqatda 160 tonnaga bajarilgan 95,3 foiz, Guruch 430 tonna reja belgilangan xaqiqatda 635 tonna bajarilgan 147,7 foizni tashkil qilgan.

Tumanda qo‘shimcha dasturlar doirasida Respublika budjet mablag‘lari xisobiga Katli mahallasida 18 km ichimlik suvi tarmog‘i va yangidan 1 ta suv inshoti hamda Bo‘ston mahallasida 10 km ichimlik suvi tarmog‘i va 1 ta suv inshoti ta’mirlanib joriy yil yakuni bilan to‘liq foydalanishga topshirililgan.

Yashil makon umummiliy dasturi yuzasidan mahallalarda ko‘chat yarmarkalari tashkil kilinib joriy yil 25 oktabr oyidan 1 dekabrgacha jami 523 ming 222 tup daraxt yekish mo‘ljallangan bo‘lib, ushbu daraxtlarning ekilishi uchun jami 12 ga yer maydoniga aholi bilan bamaslahat bosqichma-bosqich ekish ishlari bajarilgan.

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturida tumanda Katli mahallasi tanlab olingan bo‘lib, mahallada obodonlashtirish ishlari xamda 11.0 km ko‘chasini shps tashlash ishlari 1,0 km uzunlikda asfalt yotqizish ishlari bajarilgan.

Bundan tashqari tumanda jami 36,6 km yo‘l asfalt, ichki yo‘llarga 13,5 km shpes tashalib, mahallalardagi 50,1 km ichki xo‘jalik yo‘llari ta’mirlangan.

Shuningdek: Vazirlar Maxkamasining bir kator karorlar ijrosi yuzasidan tumanda jami 45 ta ob’ekda 26,5 mlrd.so‘mlik qurilish pudrat ishlari bajarilgan. 

Vazirlar Mahkamasining 7216-sonli qaroriga asosan, Tumanda jami 276 ta (shundan 184 tasini tom qismi yopiladigan, 72 tasi ta’mirlanadigan, 2 tasi ko‘p kvartirali uylarda ta’mirlanadigan, hamda 18 tasi yangidan qurib beriladigan) turmush sharoiti og‘ir oilalarga tegishli uy-joylarni ta’mirlashi uchun jami 7 mlrd 700 mln. so‘m pul mablag‘lari ajratilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 apreldagi “Ijtimoiy soha obektlarinining isitish tizimlarini davlat-hususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish to‘g‘risida”gi PQ-118-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2023-2024 yilga kuz-qish mavsumiga 77 ta ijtimoiy soha (32 ta maktablar, 27 DMTTlar, 11 ta sog‘liqni saqlash, 4 ta madaniyat markazlari, 3 ta boshqa obektlar) ob’ektlari isitish tizimlarini ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazilib, 3465 tonna  ko‘mir zaxira qilingan.

Natijada ko‘mirga o‘tkazish hisobiga 600 ming metr.kub gaz iqtisod qilingan.

Shuningdek, ijtimoiy soha ob’ektlarida 1,1 ming litr quyosh suv isitish (geliokollektor) o‘rnatish rejalashtirib, bugungi kungacha 1,8 ming litrli (164%) qurilmalar o‘rnatilishi ta’minlangan.

Joriy yilda, tumanining 5 ta mahallasida (5 ta quruvchi tashkilotlar) jami 11 ta ko‘p qavatli 248 ta xonadonli uy-joylar qurilishi belgilangan.

Shuningdek, bugungi kunda ko‘p qavatli, ko‘p xonadonli uy-joylarning qurilish-montaj ishlari o‘rtacha 85 foizni tashkil qilgan.

Tadbirkorlik yuritish uchun auksion savdolariga chiqarilgan yer maydonlari:

Tumanda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yer maydonlari bo‘yicha 169 ta lotda 5,9 gektar yer maydonlari auksion savdolariga chiqarilgan.

Shundan, kichik sanoat zonasida 13 ta lotda 0,62 gektar yer maydoni, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida 8 ta lotda 0,35 gektar yer maydoni auksion savdolariga chiqarilgan.

Tumanda 14-30 yoshdagi yoshlar soni 23 615 nafarni tashkil etib, shundan qizlar soni 11 654 nafarni tashkil etadi. Mehnatga layoqatli yoshlardan 3987 nafari doimiy ishlarda, 6985 nafari ta’limda, 2258 nafari tadbirkorlik va o‘z-o‘zini band qilish sohalarida bandligi ta’minlangan. Shuningdek, 2740 nafar yoshlar mehnat migratsiyasiga ketgan.

Joriy yilning o‘tgan davrda 842 nafar yoshlarning bandligi ta’minlandi. Shundan, 328 nafar yoshlar doimiy ishlarga, 217 nafar yoshlar kasb-hunarga o‘qitildi, 407 nafar yoshlarga 11.449 mlrd. so‘m imtiyozli kredit ajratilgan.

Tumandagi 2064 nafar yoshlar “Yoshlar daftari” elektron platformasiga kiritildi. Joylarda sektor rahbarlari va tegishli mas’ullar tomonidan o‘tkazilgan amaliy chora-tadbirlar natijasida mazkur toifadagi 1723 nafar (79,9 foiz) yoshlar daftardan chiqarilgan. Xozirgi kunda “Yoshlar daftari”da 341 nafar yoshlar mavjud.

“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan 1 mlrd. 465 mln so‘m moddiy yordam, asbob-uskuna, to‘lov-kontrakt, davolanish, zamonaviy kasb, IT va xorijiy til o‘quv kurslariga o‘qitish, pasport olish badalini qoplash, turli tadbirlar uchun sarflangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yilning 11 aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlariga asosan tumanda yoshlar bilan muloqotlar o‘tkazilib, 3 xil qizil-sariq-yashil toifalarga ajratilgan.

Bugungi kunga qadar, mas’ullarga biriktirilgan 1129 nafar yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ulardan 1129 nafariga (100 %) amaliy yordam ko‘rsatilgan.

Tumanda jami 46 ming nafar xotin-qizlar bo‘lib, shundan 12 ming 700 nafari 30 yoshdan oshgan xotin-qizlar.

Yangibozor tumanida shakllantirilgan “Ayollar daftari”ning 4-bosqichiga kiritilgan jami 2 ming 670 nafar xotin-qizlardan 2 ming 656 nafariga ya’ni 99,48%iga amaliy yordamlar ko‘rsatilgan. Qolgan 14 nafar xotin – qizlardan 3 nafari vafot etgan, 11 nafari boshqa davlatga ketgan.

Jumladan, “Ayollar daftari”ning 1-toifasiga kiritilgan 1403 nafar xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi, 2-toifasiga kiritilgan 239 nafariga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun imtiyozli kreditlar ajratildi, 3-toifaga kiritilgan 305 nafar xotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam pullari ajratildi, 16 nafar xotin-qizlarning uy-joylari ta’mirlandi, 4-toifaga kiritilgan 305 nafar xotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam pullari ajratildi, 14 nafar xotin-qizlarning uy-joylari ta’mirlandi, 5.1-toifaga kiritilgan 6 nafar xotin-qiz uy-joy bilan ta’minlandi, 5.2-toifaga kiritilgan 27 nafar xotin-qizlarning ijara kompensatsiya pullari to‘lab berildi, 6-toifaga kiritilgan 260 nafar xotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam pullari ajratildi va 6.1-toifasiga 19 nafar xotin-qizlarga tomorqasidan unumli foydalanishlari  uchun yer va mehnat qurollari berilgan.


Январь 05, 2024
Муҳаррир: Umida Nurmetova
Кўришлар сони: 81 марта