Yangibozor tumanida "Ayollar daftari"ning 7-bosqichi jarayonlari boshlandi.



Tuman hokimligida Respublika va viloyat tashkilotlari vakillari, tuman mutasaddilari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini bartaraf etish va ularni tizimli qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Ayollar daftari”ning 7-bosqichi boshlab berildi.
Unda mas’ullarga har bir xonadonga borib, ayollar bilan bevosita muloqot qilish muhimligini qayd etildi. Mazkur bosqichda asosiy e’tibor son ko‘rsatkichlariga emas, balki aniqlangan muammolarning haqqoniyligi va yechimiga qaratilishi lozimligi ta’kidlandi.
“Daftar”ga kiritish jarayonida ochiqlik va adolat ustuvor bo‘lishi belgilandi.
Yangibozor tumani hokimligi matbuot xizmati
Муҳаррир: Umida Nurmetova
Кўришлар сони: 103 марта
