Yangibozor tumanidan Azizbek Otanazarov “Mahalla tashabbuskori” tanlovida “Eng faol talaba” deb topildi.

 

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.04.2021 yildagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-son Qarori bilan 2021-yildan boshlab mahalliy byudjet daromadlarining bir qismi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga sarflanishi yo’lga qo’yildi va “Ochiq Budjet” axborot portali ishga tushirildi.

O’tgan davr mobaynida fuqarolarimiz o’z tashabbuslari bilan mahalla va jamiyat uchun muhim bo’lgan masalalarni o’rtaga tashlab, yurtimizning yanada ko’rk ochishiga o’z hissalarini qo’shib kelmoqdalar. Masalan, mahalla ko’chalarning asfalt bo’lishi, yangi zamonaviy transformatorlarning o’rnatilishi, ichimlik suvi liniyalarining yangilashi, ijtimoiy soha obyektlarining moddiy-texnik bazalari mustahkamlanishi shular jumlasidandir.

Respublika bo’yicha 2024-yilning birinchi mavsumida “Ochiq budjet” portali orqali 35 575 ta tashabbus kiritilgan bo‘lib, ular uchun 11 milliondan ortiq ovoz berilgan va natijada 2 770 ta loyiha g’olib deb topilgan. 2021-yildan 2023-yilgacha Davlat budjetidan “Tashabbusli budjet” jarayonlari uchun qariyb 7 trillion so‘m ajratildi va joriy yilning birinchi mavsumida bu ko‘rsatkich 10 trillion so‘mdan oshdi.

Endilikda o’zlarining muhim tashabbuslari bilan jamiyatda faollik ko’rsatib kelayotgan fuqarolarimizni munosib rag’batlantirish maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan “Mahalla tashabbuskori” tanlovi yo’lga qo’yildi.

Kecha 29-may kuni kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligida “Tashabbusli budjet” jarayoning 2024-yil birinchi mavsumi doirasida faol ishtirok etgan 10 nafar mahalla raisi, 10 nafar Mahalla yettiligi aʼzosi va 10 nafar talabani taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Taqdirlash marosimida Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari Axadbek Yaxyobekovich Xaydarov, “Tashabbusli budjet” jarayoni yangiliklarini yoritishda faollik ko‘rsatgan ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar ishtirok etdi.

Marosim yakunida 2024-yilning birinchi mavsumida faol ishtirok etgan mahalla raislari, faollari va talabalar taqdirlandi. Ularga o‘z hududlaridagi ijtimoiy muammolarni hal qilishda qo‘shgan hissalari uchun maxsus tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Shu qatorda Yangibozor tumani istiqomat qiluvchi Urganch Ma’mun Universitetining 2-bosqich talabasi Otanazarov Azizbek Alisher o’g’li ham “Mahalla tashabbuskori” tanlovida “Eng faol talaba” nominatsiyasi bo’yicha 10 talikdan joy olib, qilgan jonkuyarligi uchun minnatdorchilik bildirildi va vazirlik tomonidan “Tashakkurnoma” hamda noutbuk bilan taqdirlandi.


Июнь 06, 2024
Муҳаррир: Umida Nurmetova
Кўришлар сони: 65 марта