Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 23 avgustdagi 537-son qaroriga ko’ra, quyidagi hollarda ariza beruvchiga subsidiya to’lanishi rad etilishi mumkin

  1. a) ushbu Nizomning 10-bandida ko’rsatilgan hujjatlar to’liq taqdim etilmaganda;

 

  1. b) taqdim etilgan hujjatlardagi maъlumotlar ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganda;

 

  1. v) taqdim etilgan hujjatlarda noto’g’ri yoki soxta ma’lumotlar mavjud bo’lganda;

 

  1. g) ariza va tegishli hujjatlar qabul qilishning oxirgi sanasi tugagandan keyin taqdim etilganda;

 

  1. d) mas’ul tashkilotlar xulosalariga asosan jami 30 dan past ball to’plaganda;

 

  1. e) ilgari shahar va qishloq joylarda arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy hamda subsidiyalar olgan oila aъzolari (eri, xotini) takroriy murojaat etganda;

 

  1. j) joriy yil uchun ajratiladigan subsidiyalar soni tugaganda;

 

  1. z) ishtirok etuvchi bank tomonidan ariza beruvchi fuqaro (birgalikda qarz oluvchi) ajratiladigan ipoteka krediti bo’yicha to’lovga layoqatsiz deb topilganda;

 

  1. i) ariza beruvchida kredit tashkilotlaridan oldingi olingan kreditlar bo’yicha muddati o’tgan qarzdorlik mavjud bo’lganda;

 

  1. k) oilalarning o’rtacha oylik daromadi:

 

▶️qishloq joylarda — MHTEKMning 3,0 baravaridan kam va 6,9 baravaridan yuqori;

 

▶️shaharlarda — MHTEKMning 3,0 baravaridan kam va 8,0 baravaridan yuqori;

 

Toshkent shahrida — MHTEKMning 3,0 baravardan kam va 9,2 baravaridan yuqori bo’lganda.

 

 

Yangibozor tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.


Ноябрь 30, 2023
Муҳаррир: Umida Nurmetova
Кўришлар сони: 65 марта